AQSh va Rossiya yetakchilari Donald Tramp va Vladimir Putinning Budapeshtdagi uchrashuviga tayyorgarlikni to‘xtatildi.
Bu haqda NBC News telekanali Oq uyning yuqori martabali mulozimiga tayanib xabar bermoqda.
“Davlat kotibi Marko Rubio va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasidagi birinchi telefon qo‘ng‘irog‘i samarali bo‘ldi, biroq AQSh prezidentining fikricha, har ikki tomon ham muzokaralarni olg‘a siljitish uchun yetarlicha tayyor emas”, — deyiladi xabarda.
Financial Times avvalroq Rubio va Lavrov 30 oktyabr kuni Vengriya poytaxtida uchrashishi haqida xabar bergan edi.