Jey Di Vens Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashib, Budapeshtda u bilan uchrashishini e’lon qilganidan so‘ng, Newsmax nashriga bergan intervyusida bu haqda fikr bildirdi.
"AQSh prezidentining faol diplomatiyasi odamlarni bir-biriga qanchalik yaqinlashtirmasin, oxir-oqibat ikkala tomon ham kelishuvga tayyor bo‘lishi kerak. Ushbu muammoni hal qilish mumkin, biroq buning uchun ancha ko‘p mehnat talab etiladi", — dedi vise-prezident.
Vensning ta’kidlashicha, boj tariflari Rossiyaning xatti-harakatlariga sanksiyalarga qaraganda samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi.
"Rossiya misolida, shubhasiz, ularni iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi Hindiston va Xitoyga sotayotgan neftidir", – deya qo‘shimcha qildi u.