"Manchester Siti" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "Vilyarreal" mehmoni bo‘ladi.
Jamoaning Ispaniyaga safar qiladigan futbolchilari ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov hali hamon to‘pig‘idan olgan jarohatini to‘liq davolamagani sababli ertangi o‘yinda ishtirok etmaydi.