Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" ikki yulduz futbolchisini 350 million yevroga sotishga tayyor

"Real" ikki yulduz futbolchisini 350 million yevroga sotishga tayyor

"Real" jamoani yangidan qurish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu qayta qurish doirasida Madrid klubning ikki yulduzi Vinisius va Rodrigoni sotishi mumkin.

"Fichajes" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, “qirollik klubi” Vinisius va Rodrigoni stabil o‘yin ko‘rsata olmayotganidan havotirda. Shu sababli "Real" bu futbolchilarning transfer masalasini ko‘rib chiqmoqda.

"Qaymoqranglilar" ikki braziliyalik futbolchi sotuvidan 350 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan. Bu ishlangan pullarni "Real" yangi o‘yinchilar sotib olishiga sarflamoqchi.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso shogirdlari xozirda La Ligada 9 ta o‘yinda 24 ochko jamg‘argan xolda, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rini 22 ochko bilan "Barselona" klubi egallab turibdi.

Kiritildi: 23:03 20.10.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!