Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyada halokatga uchragan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan

Rossiyada halokatga uchragan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasining Amur viloyati hududidagi Blagoveshensk — Svobodniy yo‘lining 19-chaqirig‘ida yengil avtomobil va “Yamata” nomli turk qurilish kompaniyasiga tegishli bo‘lgan yo‘lovchi avtobus ishtirokida avtohalokat sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonning Xabarovsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migrasiya agentligining Rossiya Federasiyasidagi vakolatxonasi tomonidan hodisa yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida 1 nafar avtobus yo‘lovchisi halok bo‘lgan, 14 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Ushbu avtobusda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan.

Kiritildi: 14:38 17.10.2025. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!