Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Fermerning qidiruvdagi Li avtomashinasi topildi

Fermerning qidiruvdagi Li avtomashinasi topildi

Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmagan hamda nomidagi mol-mulklari turgan joyini aniqlash borasida tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Byuroning Navbahor tuman bo‘limi ish yurituviga "S.S." fermer xo‘jaligidan 10 ta jami 459,4 mln. so‘mlik soliq va 3 ta jami 21,3 mln so‘mlik davlat boji qarzdorliklarini undirish haqidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor "S.S." fermer xo‘jaligining rahbari qarzdorlikni ixtiyoriy to‘lashi uchun bir necha bora ogohlantirilgan, biroq qarzdorliklar qoplab berilmagan.

Natijada davlat ijrochisi tomonidan fermer xo‘jaligining hisob raqamlariga band solinib, barcha mulklariga taqiq qo‘yilgan hamda fermer xo‘jaligiga tegishli “Li9” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Qora toychoq” Navoiy shahar hududidan qidirib topilib, avtoturargohiga joylashtirildi.

Kiritildi: 19:45 14.10.2025. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!