Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoni “Qirol Salmon darvozasi” loyihasini boshladi

Saudiya Arabistoni “Qirol Salmon darvozasi” loyihasini boshladi

Saudiya Arabistoni Makkani keng ko‘lamli rekonstrusiya qilish – “Qirol Salmon darvozasi” loyihasini boshladi.

Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Makka tarixidagi eng yirik shaharsozlik loyihasi - Qirol Salmon darvozasini ishga tushirdi. Loyiha 12 million kvadrat metr maydonni egallaydi va Al-Haram masjidiga yaqin joyda joylashadi.

- Al-Haram masjidi sig‘imini 900 000 ziyoratchilarga oshirish – ichki va tashqarida;

- Shahar mehmonlari va aholisi uchun zamonaviy uy-joylar, madaniyat markazlari, infratuzilma klasterini yaratish;

- Muqaddas qadamjoga qulay kirish uchun jamoat transportini rivojlantirish;

- Islom merosini asrab-avaylash – 19 000 m² tarixiy binolarni tiklash;

- Loyiha 2036 yilga borib 300 000 ish o‘rni yaratish va ziyoratchilar sonini yiliga 30 millionga yetkazishni maqsad qilgan “Vision 2030” dasturining bir qismidir.

Kiritildi: 15:05 16.10.2025. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!