Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Endi migrantlarning ishlamaydigan va o‘qimaydigan oila a’zolari Rossiyada qololmaydi

Endi migrantlarning ishlamaydigan va o‘qimaydigan oila a’zolari Rossiyada qololmaydi

Rossiyada kelgusi besh yilga mo‘ljallangan migrasiya siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi, endi migrantlarning ishlamaydigan va o‘qimaydigan oila a’zolari Rossiyada qololmaydi

Tegishli farmon prezident Vladimir Putin tomonidan imzolandi.

Konsepsiyada qayd etilishicha, Rossiyaga ishlash uchun kelayotgan muhojirlar sonining o‘sishi 2030 yilgacha saqlanib qoladi. Bu chet ellik ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq. Bundan tashqari, milliy xavfsizlikka yangi chaqiriqlar va tahdidlarning paydo bo‘lishi migrasiya siyosatini takomillashtirishni talab qiladi.

Rossiya hukumati yangi migrasiya siyosati konsepsiyasidan quyidagi natijalarni kutmoqda:

◾️ Noqonuniy migrantlar sonini kamaytirish;

◾️ Xorijiy fuqarolar, jumladan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni qisqartirish;

◾️ Rossiyada noqonuniy ishlayotgan migrantlar ulushini pasaytirish;

◾️ Ta’lim muassasalariga bormaydigan migrant bolalar sonini kamaytirish;

◾️ Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar ulushini oshirish;

◾️ Maqsadli dasturlar orqali ishga qabul qilinayotgan migrantlar sonini ko‘paytirish;

◾️ An’anaviy rus qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan va Rossiyaga doimiy yashash uchun ko‘chib kelayotgan xorijiy fuqarolar ulushini oshirish.

Kiritildi: 12:55 16.10.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!