Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Modi Hindiston Rossiyadan neft sotib olmasligiga va’da berdi

Modi Hindiston Rossiyadan neft sotib olmasligiga va’da berdi

AQSh prezidenti bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

"Men Hindiston Rossiyadan neft sotib olayotganidan norozi edim. Bugun Hindiston bosh vaziri Narendra Modi menga Rossiyadan neft xarid qilmasligini tasdiqladi. Bu katta qadam. Endi biz Xitoyni ham xuddi shu ishni qilishga majbur qilamiz", — dedi Tramp.

Avgustda Tramp Hindiston mahsulotlariga qo‘shimcha 25 foizlik import bojlarini joriy etish haqida farmoyishni imzolagandi. U mazkur qarorning sababi sifatida Hindistonning Rossiyadan neft xarid qilayotganini ko‘rsatgandi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh tomonidan bojlar va jarimalar tahdidiga qaramay, Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 13:45 16.10.2025. O'qildi: 856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!