Donald Trampning maxsus vakili G‘azoda erishilgan tinchlik kelishuvining birinchi bosqichi Isroil tomonidan qanday bajarilayotganini o‘rganish maqsadida sektorda bo‘lib turibdi.
"Admiral Kuper, Jared Kushner (Trampning kuyovi) va men bugun G‘azoga tashrif buyurib, Isroil tomonidan kelishuvning birinchi bosqichi qanday bajarilayotganini tekshirdik. Xavfsizlik, insonparvarlik yordami va mojaroni hal etish choralari bo‘yicha batafsil ma’lumot oldik. O‘zgarmas sadoqat bilan tinchlikka erishish mumkinligini ta’kidlaymiz", — deb yozdi Uitkoff X ijtimoiy tarmog‘ida.