Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda fuqarolar qabriston joylarini oldindan “band qilgan”

Samarqandda fuqarolar qabriston joylarini oldindan “band qilgan”

Hokimlik tomonidan qabristonlarda noqonuniy o‘rnatilgan to‘siqlar olib tashlandi.

Samarqand viloyatida ayrim fuqarolar tomonidan qabriston hududlarining noqonuniy ravishda egallanishi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, “Hazora” va “Hunarmandlar” mahallalarida joylashgan qabristonlarda ayrim shaxslar o‘zlariga joy ajratib, belgilab qo‘ygan va hatto to‘siqlar o‘rnatgan. Ushbu holat yuzasidan aholidan bir nechta norozilik murojaatlari kelib tushgan.

“Qabriston — umumxalq mulki. Uni hech kim shaxsiylashtira olmaydi. Bunday harakatlar na qonun, na insoniy qadriyatlarga mos keladi”, — deyiladi hokimlik bayonotida.

Tegishli idoralar tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, noqonuniy o‘rnatilgan to‘siqlar olib tashlandi hamda qabriston hududida tartib tiklandi.

Rasmiylarga ko‘ra, mazkur masala to‘liq hal etilgandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.

Kiritildi: 13:12 12.10.2025. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!