Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp: "AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga tayyor"

Tramp: "AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga tayyor"

Vashington, agar Eron muzokaraga tayyor bo‘lsa, Tehronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga tayyor.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Sharm-ash-Shayxda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

"Ular muloqotga tayyor bo‘lganda, sanksiyalarni bekor qilishdan xursand bo‘lardim. Lekin ular joriy sanksiyalar ostida omon qololmaydi — ular juda qattiq. Bir payt ularning o‘zlari ham sanksiyalar bekor qilinishini istashlarini aytishgandi. Oxir-oqibat bizda tinchlik bo‘ladi", — dedi Tramp.

Kiritildi: 08:30 14.10.2025. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!