Tramp Time jurnalidan yangi soni muqovasidagi o‘z suratini almashtirishni talab qildi, deb yozmoqda Time.
"Time jurnali men haqimda yaxshi maqola yozgan, ammo undagi surat ehtimol, barcha davrlardagi eng yomonlaridan biri. Rasmda sochlarim ko‘rinmay qolgan, boshimni tepa qismida esa juda kichkina, suzib turgan tojga o‘xshash narsa turibdi. Bu haqiqatan ham g‘alati! Men hech qachon turli burchaklardan suratga tushishni yoqtirmaganman. Bu juda yomon rasm, uni almashtirish zarur. Ular nega shunday qilishganiga hayronman", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Avvalroq, G‘azo sektorida tinchlik bitimi tuzilgani va isroillik garovdagilar ozod etilgani munosabati bilan Time jurnali o‘z muqovasiga AQSh prezidenti Donald Trampning suratini joylagani aytilgan edi.