Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Rossiya Erdo‘g‘anni hurmat qiladi. Ukrainada ham shunday"

"Rossiya Erdo‘g‘anni hurmat qiladi. Ukrainada ham shunday"

Tramp Erdo‘g‘an Ukrainadagi urushni yakunlashda muhim rol o‘ynashi mumkinligini aytdi.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Moskvada ham, Kiyevda ham Turkiya yetakchisiga hurmat bilan qaraladi.

"Rossiya Erdo‘g‘anni hurmat qiladi. Ukrainada ham shunday. U mening do‘stim. Nega? Chunki men qat’iyatli yigitlar bilan til topisha olaman. Men kuchsizlar bilan chiqisha olmayman. Erdo‘g‘an men bilan juda yaxshi munosabatda bo‘ladi. Bilasizmi, NATO'da Erdo‘g‘an bilan muammolar paydo bo‘lganda, ular menga qo‘ng‘iroq qilishadi va men muammoni darhol hal qilaman. Bunaqa holatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi", — dedi Tramp Air Force One samolyoti bortida jurnalistlar bilan muloqotda.

Kiritildi: 13:42 14.10.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!