Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya-Ukraina mojarosini Erdo‘g‘on hal qila oladi

Rossiya-Ukraina mojarosini Erdo‘g‘on hal qila oladi

AQSh prezidenti Donald Tramp hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Ukraina inqirozini hal qilishga yordam berishiga ishonadi.

Trapm Sharm ash-Shayxdan Vashingtonga yo‘l olgan samolyoti bortida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida bu haqda gapirgan.

Turkiya rahbari inqirozni hal qilishga yordam bera oladimi, degan savolga Tramp “Erdo‘g‘on qila oladi”, deb ta’kidladi.

"Uni Rossiyada hurmat qilishadi, Ukraina haqida gapira olmayman. Lekin Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni hurmat qiladi va u mening do‘stim", - dedi Oq uy rahbari.

13 oktyabr kuni Sharm al-Shayxda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va u yerda garovga olingan barcha isroilliklarni ozod qilish uchun chaqirilgan tinchlik sammiti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Tani, AQSh prezidenti Donald Tramp va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy kelishuvni imzoladi.

Kiritildi: 09:30 14.10.2025. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!