Bunga tektonik plitaning yorilishi sabab bo‘lishi mumkin, deya ma’lum qildi NYT.
Olimlarning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning g‘arbi, Kaliforniya hududlaridagi San Andreas yorig‘ida qachondir sodir bo‘ladigan ehtimoliy kuchli zilzila (8 ball) Tinch okeani shimoli g‘arbidagi Kaskadiya subduksiya zonasida undan ham kattaroq zilzilaga — “Shimoliy Amerika tarixidagi eng ulkan fojia”ga sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar, garchi buning ehtimoli yuqori bo‘lmasa-da, “zanjirli seysmik xavf”ni butunlay inkor qilib bo‘lmasligini isbotlovchi ayrim dalillarni taqdim etmoqda.