Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi “Putin uchun tribunal”ni moliyalashtirishni boshladi

A A A
Evropa Ittifoqi “Putin uchun tribunal”ni moliyalashtirishni boshladi

Bryussel Rossiya rahbariyatini Ukrainaga qarshi tajovuz jinoyatlari uchun sud qilishi kutilayotgan maxsus tribunalni moliyalashtirishga 10 million yevro ajratdi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

"Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlari bo‘yicha dalillar yaqqol ko‘rinib turibdi. Jazosiz qolgan jinoyatlar yangi yovuzliklarni rag‘batlantiradi", — dedi Kallas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tribunallarga ajratilgan mablag‘lar “tajovuz jinoyatlari aybdorlarining adolatli jazodan qochib qutulmasligini ta’minlash” imkonini beradi.

Iyun oyi oxirida Yevropa Kengashi shafeligida “tajovuz jinoyati bo‘yicha Maxsus tribunal” tashkil etilgani haqida ma’lum qilingan edi. Bunday tribunal doirasida Vladimir Putinga qarshi tergov olib borish mumkin, biroq uni, jumladan, sirtdan ham sud qilish ilojsiz. Chunki xalqaro huquqqa ko‘ra, davlatlarning yuqori lavozimli vakillari shaxsiy daxlsizlik (immunitet) huquqiga ega. Putinga nisbatan jinoiy ta’qib faqat u Rossiya prezidenti lavozimini tark etganidan keyin amalga oshirilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:23 14.10.2025. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!