Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

9-sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisini beayov kaltakladi(mi)? Aslida nima bo‘lgan edi?

9-sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisini beayov kaltakladi(mi)? Aslida nima bo‘lgan edi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan 293-sonli maktabning 3-sinf o‘quvchisi 290-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi tomonidan kaltaklanganligi holati yuzasidan rasmiy munosabat berildi.

Mazkur holat Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:

Holat 4 oktyabr kuni darsdan keyin soat 16:30 dan o‘tgan vaqt oralig‘ida bo‘lib, bolalar o‘z uyidan futbol o‘ynagani chiqqan bo‘lgan.

Maktabning 3-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘g‘il bolani haqorat qilib, velosipedda qochib ketmoqchi bo‘lganida 9-sinf o‘quvchisi velosipedning orqa g‘ildiragiga oyog‘i bilan tepadi. Natijada 3-sinf o‘quvchisi yuz qismi bilan yiqilib, tan jarohati oladi. Holat yuzasidan hozirgi kunda tuman IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Hozirda bolaning holati yaxshi.

Kiritildi: 19:33 14.10.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!