"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida yakka tartibdagi tadbirkor X. B. ga qarashli savdo do‘koni o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 772,9 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.