2025 yil 24–26 sentyabr kunlari Turizm qo‘mitasi vakillari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Migrasiyadan qaytgan xotin-qizlarning iqtisodiy reintegrasiyasini ta’minlash va ularni mamlakatimizdagi turizm sohasiga samarali jalb qilish”ga qaratilgan o‘quv-seminarda ishtirok etmoqdalar.
O‘quv-seminarning asosiy maqsadi – xorijdan qaytgan xotin-qizlarni mahalliy turizm sohasiga jalb etish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va jamiyatga integrasiyalashuviga ko‘maklashishdan iborat.
Ma’lumot o‘rnida, seminar davomida ishtirokchilar Bo‘stonliq tumanidagi yirik turizm ob’ektlari va oilaviy mehmon uylari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashinuvi asosida turizm xizmatlari bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.