Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Pokiston Bosh vaziri: "Tramp Osiyodagi urushning oldini oldi"

Pokiston Bosh vaziri: "Tramp Osiyodagi urushning oldini oldi"

AQSh prezidenti Donald Trampning Pokiston-Hindiston mojarosini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari Janubiy Osiyoda keng ko‘lamli urushning oldini olishga yordam berdi.

Bu haqda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

"Biz Donald Tramp va uning jamoasiga o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishishdagi faol roli uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Prezident Trampning tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlari Janubiy Osiyoda urushning oldini olishga yordam berdi. Agar u zudlik bilan va qat’iy aralashmaganida, keng ko‘lamli urushning oqibatlari halokatli bo‘lar edi", - dedi Sharif.

Pokiston bosh vaziri, shuningdek, Islomobod "barcha hal bo‘lmagan masalalar bo‘yicha Hindiston bilan keng qamrovli, inklyuziv va natijaga yo‘naltirilgan muloqotga tayyor"ligini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:45 27.09.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!