Kataloniyaning «Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal Turkiyada pasportini yo‘qotib qo‘ydi, deb xabar berdi Allfootballapp.
Eslatib o‘tamiz, kecha 2026 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida Ispaniya terma jamoasi Turkiyada mezbonlarni 6:0 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi.
Lamin Yamal o‘yin o‘tkazilgan Konya shahridan shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz vataniga uchib keta olmaydi, deyiladi xabarda.
Yamal «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2024/2025 yilgi mavsumda u «Barselona» safida La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi, jamoa bilan birga chempionlik va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. 2024 yilda futbolchi Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan.