Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Bashar al-Assadning avtomobillar kolleksiyasi auksionda sotildi

Bashar al-Assadning avtomobillar kolleksiyasi auksionda sotildi

Sotuvdan tushgan daromad Suriya taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Suriyada sobiq prezident Bashar al-Assadga tegishli nodir superkarlardan iborat kolleksiya Damashqda o‘tkazilgan kim oshdi savdosida namoyish etildi. Auksionga yangi prezident Ahmad Ash-Shara mezbonlik qildi. Tadbirdan tushgan mablag‘lar Suriya taraqqiyot jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilangan.

Kimoshdi savdoning birinchi bosqichida mashhur brendlarning uchta superkari taqdim etildi. Ularning eng qimmatbaxo avtomobili — Ferrari F50 bo‘lib, uning qiymati 3–4 million dollarga baholangan. Mazkur model Formula-1 texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, atigi 349 dona mavjud.

Shuningdek, auksionda Mercedes SL65 AMG Black Series ham sotuvga qo‘yildi. Dunyoda atigi 300 dona ishlab chiqarilgan mazkur avtomobil 670 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan va bozordagi qiymati 500 ming dollarni tashkil etadi.

Superkarlardan yana biri — Audi R8 bo‘lib, 525 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 dvigateli bilan taqdim etildi. Bu avtomobil ham kolleksiyaning diqqatga sazovor namunasiga aylandi.

Mazkur auksion Suriyada o‘tkazilgan eng yirik avtomobil savdolaridan biri sifatida tarixda qoldi.

Kiritildi: 16:54 08.09.2025. O'qildi: 1015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!