Turkiyada X, YouTube, Instagram, Facebook, TikTok va WhatsApp kabi mashhur onlayn platformalarga kirishda uzilish davom etmoqda.
Bu haqda xorijiy OAVlari xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kirish bilan bog‘liq muammolar yakshanba kuni 20:45 GMTda boshlangan, platformalarning o‘tkazish qobiliyati cheklangan.
Qayd etilishicha, cheklovlar Respublika Xalq partiyasi Istanbuldagi bosh qarorgohi atrofida polisiya barrikadalari o‘rnatilganiga javoban mitinglarga chaqirganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan.
Bloklash qarorlarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan Turkiya Internet provayderlari ittifoqi hozircha rasmiy izoh bermadi.