Isroil Oliy sudi hukumat falastinlik mahbuslarni yetarlicha oziq-ovqat bilan ta’minlamayapti, degan xulosaga keldi.
Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar bermoqda.
Sudyalarning fikricha, mahkumlarning hozirgi oziq-ovqat ta’minoti qonunda belgilangan me’yorlarga rioya etilishini kafolatlamaydi. Shu munosabat bilan Isroil qamoqxona xizmati (Shabbas) falastinliklarni zarur miqdorda oziq-ovqat bilan ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak.
Oliy sud qarori o‘tgan yili Isroilda fuqarolik huquqlari assosiasiyasi (ACRI) va Isroilning Gisha inson huquqlari guruhi tomonidan berilgan petisiyaga javoban qabul qilingan. Unda falastinliklar qamoqxonalarda och qolayotgani da’vo qilingan.
O‘z navbatida, mamlakatdagi axloq tuzatish muassasalariga mas’ul bo‘lgan Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Oliy sud qarorini tanqid qilib, "terrorchilarni HAMAS harakatidan himoya qilishini" aytdi.