Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda 27 yil soxta ayblov bilan qamoqda o‘tirgan erkak oqlandi

AQShda 27 yil soxta ayblov bilan qamoqda o‘tirgan erkak oqlandi

U 1998 yilda qotillikda ayblanib qamalgan.

Minnesota shtatida 1998 yilda qotillikda ayblanib 27 yil qamoqda saqlangan Brayan Xuper sud qarori bilan oqlanib, ozod qilindi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Xuper o‘sha paytda 77 yoshli Enn Praznyakning o‘limida aybdor deb topilgan va unga qarshi hukm asosan Chalaka Yang ismli ayolning ko‘rsatmasiga tayanilgan edi. Keyinchalik Yang jinoyatni o‘zi sodir etganini tan olgan. Shuningdek, Xuperga qarshi guvohlik bergan qamoqxona mahbuslari ham o‘z bayonotlaridan voz kechishgan.

Sud qarori bilan erkak oqlanib, 27 yildan so‘ng oilasiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Prokuror Meri Moriarti:

"Biz janob Xuperning nihoyat ozod bo‘lgani uchun mamnunmiz va bu adolatsizlikda prokuratura idorasi o‘ynagan rol uchun uzr so‘raymiz", — dedi.

Kiritildi: 16:51 07.09.2025. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!