Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Vodiydagi «gaz zapravkalar»ga ikki kun gaz berilmaydi

Vodiydagi «gaz zapravkalar»ga ikki kun gaz berilmaydi

Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi «Ohangaron–Pungon» magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi.

Ushbu yangi quvurni tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025 yil 5 sentyabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida «Ohangaron–Pungon» magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda ta’mirlash ishlari vaqtida (5-6 sentyabr kunlari) Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritiladi.

Kiritildi: 20:30 04.09.2025. O'qildi: 818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!