Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Biz Rossiyaning zarbalariga javob qaytaramiz, hech kim zulmatda jimgina chidab o‘tirmaydi — Zelenskiy

Biz Rossiyaning zarbalariga javob qaytaramiz, hech kim zulmatda jimgina chidab o‘tirmaydi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso bilan Ukgoroddagi uchrashuvida energetika masalasini muhokama qildi.

"Ukraina Rossiya tomonidan energetika ob’ektlariga berilayotgan zarbalarga javob bermoqda. Shunchaki zulmatda chidab o‘tirmaymiz. Rossiya nefti va gazining kelajagi yo‘q. Biz Slovakiya va boshqa hamkorlar uchun energetik barqarorlikni ta’minlashga tayyormiz. Biz Slovakiyaga neft va gaz yetkazib berishga ham tayyormiz, ammo bu Rossiya nefti va gazi bo‘lmasligi shart. Chunki biz urush holatida turibmiz", — deya ta’kidladi Zelenskiy.

"Ba’zi mavzularda bizning qarashlarimiz turlicha bo‘lishi mumkin, bu tabiiy holat. Ko‘plab Yevropa mamlakatlari suyultirilgan tabiiy gaz sotib oladi, bizning vazifamiz esa yaxshi narxda yetkazib berish manbalarini topish. Men Zelenskiyni hurmat qilaman, u ham meni hurmat qiladi, ba’zida bunday ko‘rinmasligi mumkin. Ukrainaga qarshi qandaydir energetik blokada qilishimiz haqidagi gaplar yolg‘on, bu masala Putin bilan bo‘lgan suhbatimizda tilga olinmadi. Slovakiya xavfsizlik kafolatlarida hal qiluvchi rol o‘ynay olmaydi, biroq o‘t ochishni to‘xtatishga olib keladigan barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi", — dedi Fiso.

Kiritildi: 09:12 06.09.2025. O'qildi: 1537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!