Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Endi O‘zbekistonda ham ismni mashinalarga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda ham ismni mashinalarga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda ham ismni mashinalarga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi.

Bu haqda Hukumat qarori (562-son, 04.09.2025) qabul qilindi.

2026 yil 1 yanvardan boshlab “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomobililar uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinasiyasidan iborat bo‘lgan "noyob" davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolarini o‘tkazish orqali berish huquqi berildi.

Bu holda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi kerak.

Masalan, endi ko‘chalarda “SARVAR”, “AZIZA”, “ODIL” yoki “BUXORO” deb yozilgan raqamli mashinalarni ko‘rishimiz mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:43. O'qildi: 1071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!