O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini xorijda davom ettiradi.
Jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib, yana maydonga qaytgan 29 yoshli futbolchimizga "Nasaf" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi, biroq uning agentlari xorijdan takliflarni ko‘rib chiqmoqda.
Tez kunda uning yangi klubi nomi ma’lum bo‘ladi.
Futbolchimiz shu yil boshida Saudiyaning "Al-Fayha" klubi bilan xayrlashgan edi.