Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Men yettita urushga barham berganman va Ukraina mojarosi ham xuddi shunday tugaydi.
Shu bilan birga, Ukraina muammosini hal qilish kutganimdan biroz murakkabroq bo‘lmoqda;
◾️ Yevropa Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi va ular mojaroni imkon qadar tezroq tugatishni xohlashadi;
◾️ Biz Venesuelada rejim o‘zgarishi haqida o‘ylamayapmiz;
◾️ Venesuela harbiy samolyotlari AQSh harbiy-dengiz kuchlariga tahdid tug‘dirsa, ularni urib tushiramiz;
◾️ Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkaziladigan G20 sammitiga bormayman, u yerga meni o‘rnimga vise-prezident Vens boradi;
◾️ 2026 yilda Mayamida G20 sammiti o‘tkaziladi. Putin va Si Jinpinni ushbu sammitda mamnuniyat bilan kutib olaman;
◾️ Hindistonning Rossiya neftini katta hajmda sotib olish qaroridan noroziman. Ularga bu haqda tushuntirdik, yuqori bojlar joriy qildik;
◾️ AQSh Birinchi jahon urushini, Ikkinchi jahon urushini va ulardan oldingi va keyingi barcha urushlarda g‘alaba qozongan;
◾️ Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hurmatga sazovor inson va kuchli yetakchi. U 16ta shaxsni qamoqxonadan ozod qildi. AQSh va Belarus 1,4 mingga yaqin siyosiy mahbuslarning bir qismini ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, ular tez orada qo‘yib yuborilishi mumkin.