Axborot almashinuvi va qo‘shma tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, shuningdek, Xalqaro jinoiy polisiya tashkiloti – Interpol tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar doirasidagi uchrashuvlarda Toshkent va Anqara Milliy markaziy byurolari o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuvlar asosida, Anqara Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlarining bevosita ko‘magida, xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan olti nafar jinoyatchi topshirildi. Ular turli jinoyatlar, jumladan, odam savdosi, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Jinoyatchilar Anqara Interpol Milliy Markaziy Byurosi va Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi xodimlari kuzatuvida olib kelindi.
Olti nafar shaxslarning barchasi keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston tomoniga – Toshkent Interpol Milliy Markaziy Byurosi hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlariga topshirildi.