Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

DXXga ishga kiritishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

DXXga ishga kiritishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi, 1988 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, qayta jinoyatga qo‘l uradi.

U o‘zini DXX xodimi deya tanishtirib, 1997 y.t. mahalliy fuqaroni davlat xavfsizlik organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2024 yilning sentyabr oyidan 2025 yilning iyun oyiga qadar turli bahonalar bilan aldab jami 30 ming AQSh dollari va 510 mln. so‘m pul mablag‘larini oladi.

Bundan tashqari, mazkur fuqaroning qarindoshini Qurolli Kuchlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, hozirga qadar 4 ming AQSh dollari oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan 10 ming AQSh dollari hisobidan yana 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi, 1961 y.t. shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, uni Davlat xavfsizlik xizmati idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:40 04.09.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!