Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida yangi aeroport qurilishi uchun 1310 gektar hudud ajratiladi​​​​​​​

Toshkent viloyatida yangi aeroport qurilishi uchun 1310 gektar hudud ajratiladi​​​​​​​

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida quriladigan yangi xalqaro aeroport uchun deyarli 1310 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu haqda Kadastr agentligining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘rta Chirchiq tumanida 790,76 gektar, Quyi Chirchiq tumanida esa 519 gektar yer ajratiladi. Ushbu yerlarning 1075,45 gektari sug‘oriladigan yerlar, 112,69 gektari bog‘ maydonlari, 0,65 gektari yaylov va pichanzorlar, qolgan 120,97 gektari esa boshqa maqsadlardagi yerlardan iborat.

1 avgust kuni Prezident farmoni bilan yangi aeroport qurilishi boshlangani e’lon qilingan edi. Loyihaga ko‘ra, aeroport birinchi bosqichda yiliga 20 mln nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi, 169 ta samolyotni bir vaqtning o‘zida qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi va soatiga 40 dan ortiq qo‘nish va uchish amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Javlonbek Umarxo‘jayevning ta’kidlashicha, yangi aeroport to‘liq raqamlashtiriladi va zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etiladi. Transport vaziri Ilhom Mahkamovning so‘zlariga ko‘ra, aeroport Toshkentning amaldagi havo bekatidan 17 km janubda, M-39 avtomagistrali va kelajakdagi Toshkent–Samarqand pulli yo‘li yo‘nalishida joylashadi.

Kiritildi: 14:06 04.09.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!