Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Chilonzorda avtomobil yonib ketdi

Chilonzorda avtomobil yonib ketdi

Chilonzor tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 01:20 da Toshkent shahar Chilonzor tumani 9-dahada avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 01:24 da yetib borib, yong‘in soat 01:29 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 13:05 04.09.2025. O'qildi: 707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!