Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

SHHT sammitidan qaytgan tashqi ishlar vaziri hibsga olindi

SHHT sammitidan qaytgan tashqi ishlar vaziri hibsga olindi

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va tadbirkor Gadji Gadjiyev hibsga olindi. Bu haqda Orda nashri xabar bermoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, 4 sentyabr kuni tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, tadbirkor Gadji Gadjiyev va Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir qator yuqori martabali amaldorlari hibsga olingan.

Huquq-tartibot organlaridagi manbalar ma’lumotni tasdiqladi.

Nurtleu o‘z uyida hibsga olingan — u bir kun avval u SHHT sammitida ishtirok etib, Xitoydan qaytib kelgandi. Tergovchilar vazir va Gadjiyevning uylarida tintuv o‘tkazdi. Hibsga olingan xavfsizlik qo‘mitasi rahbarlarining ismlari hozircha ma’lum emas.

Nurtleu 2023 yilda tashqi ishlar vaziri etib tayinlangandi. U avval prezident administrasiyasi rahbari lavozimida ishlagan.

Kiritildi: Bugun 14:37. O'qildi: 1200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!