Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda 180 mlrd so‘mlik kriptovalyutani noqonuniy aylantirgan jinoiy guruh ushlandi

Toshkentda 180 mlrd so‘mlik kriptovalyutani noqonuniy aylantirgan jinoiy guruh ushlandi

Toshkent shahrida 180 milliard so‘mdan ortiq kriptovalyuta noqonuniy aylanmasini amalga oshirib, bukmekerlik kompaniyalariga xizmat ko‘rsatgan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda IIV Tezkor-qidiruv departamenti huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi ma’lum qildi.

Ma’lum qilishlaricha, Yashnobod tumanida qo‘lga olingan guruhning 6 nafar a’zosi xorijiy onlayn qimor kompaniyalariga xizmat ko‘rsatib, qimor o‘yinlari orqali olingan mablag‘larni Decent kriptovalyuta platformasi orqali legallashtirgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular 8 oy davomida 180 milliard so‘mdan ortiq kriptoaktivlarni noqonuniy aylantirgan.

Tezkor tadbirlar davomida 38 ta mobil telefon va pul yuvishda ishlatilgan mingga yaqin bank kartalari ushlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining uyushgan guruh tomonidan kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzishni nazarda tutuvchi moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 12:45 04.09.2025. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!