Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

2026 yil 1 martdan futbol o‘yinlariga chiptalar faqat maxsus onlayn tizim orqali sotiladi

2026 yil 1 martdan futbol o‘yinlariga chiptalar faqat maxsus onlayn tizim orqali sotiladi

O‘zbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi.

“O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–262-son, 21.08.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini ko‘paytirish orqali futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish;

🔹 iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to‘liq raqamlashtirish.

🔗 Qarorga ko‘ra, “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi.

✅ 2026 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

📋 2026 yil 1 martdan futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikasiya qilish hamda matrisali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Kiritildi: 17:35 25.08.2025. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!