Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

1 sentyabrdan Moskva va Moskva viloyatida yangi tartib joriy etilmoqda

1 sentyabrdan Moskva va Moskva viloyatida yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekiston va yana 8 davlat fuqarolari (Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova, Ukraina) ishlash uchun kelganda majburiy ravishda «Amina» mobil ilovasini o‘rnatishi kerak bo‘ladi.

Ilovaning vazifalari:
➖ chet el fuqarosining turgan joyini ro‘yxatdan o‘tkazish;
➖ geolokasiya ma’lumotlarini Rossiya IIVga yuborib turish;
➖ agar ma’lumotlar uzatilmasa, ilova migrantga joyini tasdiqlash haqida bildirishnoma yuboradi.

Agar geolokasiya ma’lumotlari 3 ish kunidan ko‘proq vaqt uzatilmasa, fuqaro reestrdan chiqariladi va nazoratdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Kiritildi: 13:44 27.08.2025. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!