Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Namanganda IIB xodimlari fuqaroni qiynab, og‘ir ahvolga solgani aytilmoqda

Namanganda IIB xodimlari fuqaroni qiynab, og‘ir ahvolga solgani aytilmoqda

Namanganda IIB xodimlari fuqaroni qiynab, og‘ir ahvolga solgan. Bu haqda "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Tashanovning yozishicha,16 avgust kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining Namangan viloyat filialida 31 yoshli A. O‘. jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan va uning qora talog‘i olib tashlangan. Fuqaroning advokatiga ko‘ra, bu haqda Namangan viloyati prokuroriga darhol xabar berilgan.

Boisi 14 avgust kuni fuqaroni IIB xodimlari IIB binosida ikki kun davomida qiynoqqa solib, unga hayoti uchun og‘ir tan jarohatlari yetkazishgan. So‘ng uni mayda bezorilikda ayblab, JIB Namangan shahar sudiga olib kelishgan. Ayblov tasdiqlanmagan, ma’muriy ish sud tomonidan rad qilingan.

Fuqaro ichki ishlar organi xodimlari tomonidan kasalxonaga keltirilgan va hayoti saqlab qolingan.

"Bu borada barcha tibbiy ma’lumotnomalar, video lavhalar mavjud. Advokat taqdim qilgan fotosuratlarda fuqaroning qo‘lidagi kishan izlari, badanidagi tan jarohatlari yaqqol ko‘rinadi", deb yozadi Tashanov.

Kiritildi: 08:52 27.08.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!