Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Netanyaxu ilk bor hammasini tan oldi

Netanyaxu ilk bor hammasini tan oldi

Netanyaxu ilk bor XX asrning birinchi choragida sodir etilgan armanlar genosidini tan oldi.

Savolga javoban u bu tan olish ossuriylar va yunonlarga nisbatan amalga oshirilgan genosidlarni ham o‘z ichiga olishini qo‘shimcha qilgan. “Isroil nega bunga qadar ularni tan olmagan?” degan savolga Netanyaxu qisqa javob bergan: “Men buni endigina tan oldim”

Ma’lumot uchun, armanlar genosidi – bu 1915–1923 yillarda Usmonli imperiyasi tomonidan arman xalqiga qarshi amalga oshirilgan ommaviy qirg‘in bo‘lib, taxminan 1–1,5 million arman o‘ldirilgan yoki surgun qilingan. Bu hodisa ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan rasmiy ravishda genosid deb tan olingan.

Isroilning shu kungacha buni tan olmasligiga sabab esa Isroil va Turkiya o‘rtasidagi “nozik munosabatlar” (to‘liq hamkor ham emas, lekin savdo aloqalariga ega davlatlar) sabab bo‘lgan. Chunki Turkiya o‘sha voqealarni genosid deb tan olgan davlatlar bilan aloqalarga qisman uzib kelgan.

Kiritildi: 20:55 27.08.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!