AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina mojarosi hal etilmasa, Rossiya bilan "iqtisodiy urush"ga tayyorligini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda ma’lum qildi.
Tramp Uchinchi jahon urushi boshlanishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirdi.
"Men buni to‘xtatishni istayman. Va bu jahon urushi bo‘lmaydi, lekin bu iqtisodiy urush bo‘ladi va bu iqtisodiy urush yomon bo‘ladi, Rossiya uchun yomon bo‘ladi, men buni xohlamayman" - dedi u jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.