Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

"Pirogga o‘xshaydi" - "Man Siti" muxlislari o‘zbekistonlik himoyachining formasidan norozi (FOTO)

"Pirogga o‘xshaydi" - "Man Siti" muxlislari o‘zbekistonlik himoyachining formasidan norozi (FOTO)

Kecha, 23 avgust kuni "Manchester Siti" "Tottenxem"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv Angliya chempionatining 2-turi doirasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov o‘yinda maydonga tushmadi. O‘yin 2:0 hisobida "Tottenxem" foydasiga hal bo‘ldi.

O‘yindan keyin "Manchester Siti"ning ko‘plab muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Husanovning o‘yin translyasiyasi paytidagi suratini muhokama qilishdi. Bu haqda UPL.UZ xabar berdi. "Shaharliklar" muxlislari futbolchining formasidan norozi bo‘lishdi. Ularning fikricha, Abduqodir semirib, "pirog"ga o‘xshab qolgan.

Qayd etish joiz, top-klublarda futbolchilarning vazn me’yori bo‘yicha aniq qoidalar mavjud. Ortiqcha vaznga ega bo‘lgan futbolchilar jamoadan chetlashtiriladi va klubdan moliyaviy sanksiyalar oladi.

"Pirogga o‘xshaydi" - "Man Siti" muxlislari o‘zbekistonlik himoyachining formasidan norozi (FOTO)

Kiritildi: 23:21 24.08.2025. O'qildi: 2153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!