Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Kongressiga nomzod ayol Qur’onni yoqish aks etgan tashviqot videosini e’lon qildi (video)

AQSh Kongressiga nomzod ayol Qur’onni yoqish aks etgan tashviqot videosini e’lon qildi (video)

Respublikachilar partiyasidan Texasdagi Kongressga nomzod Valentina Gomes Qur’onni yoqib yuborgan tashviqot videosini e’lon qildi.

Bu haqda Timeline Daily nashri xabar bermoqda.

Videoda Gomes Texasdagi islomga "bir marta va butunlay barham berilishi kerak"ligini ta’kidlaydi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Gomes Texasning 31-kongress okrugida AQSh Kongressi Vakillar palatasi deputatligiga da’vogarlik qilmoqda. Siyosatchi musulmonlarni nasroniy mamlakatlariga zo‘ravonlik bilan tahdid qilishda aybladi va o‘z maqsadiga erishishi uchun tarafdorlarini unga g‘alaba qozonishga yordam berishga chaqirdi.

Gomesning videosi ijtimoiy tarmoqlarda norozilik uyg‘otdi.

Kiritildi: 11:10 27.08.2025. O'qildi: 1057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!