Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

ECHLning 32 nafar ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

ECHLning 32 nafar ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 4-saralash bosqichidan o‘rin olgan uchta javob o‘yini 26 avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa umumiy bosqichning 32 nafar ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi.

Umumiy bosqichga "Qayrat" (Qozog‘iston), "Bude-Glimt" (Norvegiya) va "Pafos" (Kipr) saralashdan o‘tdi.

Bungacha "Tottenxem", "Liverpul", "Arsenal", "Manchester Siti", "Chelsi", "Nyukasl" (barchasi - Angliya), "Napoli", "Inter", "Atalanta", "Yuventus" (barchasi - Italiya), "Barselona", "Real", "Atletiko", "Atletik", "Vilyarreal" (barchasi - Ispaniya), "Bavariya", "Bayer", "Ayntraxt", "Borussiya D" (barchasi - Germaniya), "Pari Sen-Jermen", "Marsel", "Monako" (barchasi - Fransiya), PSV, "Ayaks" (ikkalasi - Niderlandiya), "Sporting" (Portugaliya), "Yunion" (Belgiya), "Galatasaroy" (Turkiya), "Slaviya" (Chexiya), "Olimpiakos" (Gresiya) jamoalari umumiy bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Chempionlar Ligasi-2025/26 musobaqasining umumiy bosqichi 16 sentyabr kuni start oladi va 28 yanvar kuni yakunlanadi. Pley-off bosqichi 17 fevralda boshlanadi. Final 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 07:00 27.08.2025. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!