Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

DPA: NATO Rossiya razvedka samolyotini to‘xtatish uchun nemis qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi

DPA: NATO Rossiya razvedka samolyotini to‘xtatish uchun nemis qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi

Agentlik xabariga ko‘ra, Rossiyaning Il-20 razvedka samolyoti Boltiq dengizi ustida transponderi o‘chirilgan holda va parvoz rejasi taqdim etilmagan holda uchayotgan bo‘lgan, shu bois NATO qo‘mondonligi buyrug‘iga binoan Germaniyaning Rostok-Lage aviabazasidan ikki dona Eurofighter qiruvchi samolyoti havoga ko‘tarildi.

DPA'ning ma’lum qilishicha, bu yil boshidan buyon Boltiq dengizi ustida Germaniya harbiy-havo kuchlari samolyotlarining o‘nchi marta favqulodda holatda havoga ko‘tarilishi bo‘ldi.

"So‘nggi paytlarda Boltiqbo‘yi mintaqasidagi vaziyat josuslik urinishlari va ehtimoliy qo‘poruvchilik harakatlari sababli keskinlashmoqda. Rossiya razvedka samolyotlari bir necha bor Kaliningraddan uchib chiqib, Boltiq dengizi sohillarida joylashgan NATO mamlakatlarining, xususan Polsha, Germaniya, Daniya va Shvesiyaning harbiy faolligi haqida ma’lumot to‘plashga harakat qilgan", deya yozmoqda DPA.

Kiritildi: 13:05 27.08.2025. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!