“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Andijon tumanida joylashgan “E. T.” MCHJga qarashli AYOQShda sotilayotgan dizel yonilg‘isi davlat standarti talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida (14,5 mln so‘m) iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
1️⃣ Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq holatda saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifati tiklanishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.