Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari tasdiqlandi

Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari va akademik liseylarda yangi 2025/2026-o‘quv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

➖ akademik liseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025 yil 3 sentyabrdan;

➖oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8 sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun «Kredit ta’limi tizimiga kirish» haftaligi hamda «Talabalikka bag‘ishlov» tadbirlari tashkil etiladi.

Kiritildi: 23:36 22.08.2025. O'qildi: 26191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!