Qurilish kompaniyalarining soliqdan qarzi 1 trln so‘mdan oshdi. Shundan 385 mlrd so‘mi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 1 avgust holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1163 tani tashkil etgan. Umumiy qarzdorlik esa 1 trln so‘mdan oshgan.
Shundan 385,3 mlrd so‘mi, ya’ni 38 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:
“Reliable Stroy Invest” MCHJ – 81,5 mlrd so‘m;
“Mohir-Quruvchi” MCHJ – 65,3 mlrd so‘m;
“Aziya Invest Favorit” MCHJ – 63 mlrd so‘m;
“PU AO UK NATEK” – 56,5 mlrd so‘m;
“Tamirlash Qurish Servis” MCHJ – 50,8 mlrd so‘m;
“Fayz Design” MCHJ – 18,5 mlrd so‘m;
“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ – 13,7 mlrd so‘m;
“DSK Binokor” MCHJ – 12,8 mlrd so‘m;
“Nova Towers” MCHJ – 12 mlrd so‘m;
“Neftgazmontaj” MCHJ – 11,2 mlrd so‘m.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 393,1 mlrd so‘mni, Andijon viloyatida 123 mlrd so‘mni, Navoiy viloyatida 82,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.