Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina Rossiya aktivlaridan qancha mablag‘ oldi?

Ukraina Rossiya aktivlaridan qancha mablag‘ oldi?

2025-yil davomida Ukraina muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan foydadan har oy mablag‘lar olmoqda. Evrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, yilning birinchi yarmida Kiyevga jami 10,1 milliard yevro o‘tkazilgan. Bu haqda Germaniyaning Welt gazetasi xabar berdi.

📌 To‘lovlar taqsimoti:

  • Yanvar – 3 milliard yevro

  • Mart – 1 milliard yevro

  • Aprel – 3,1 milliard yevro

  • May, iyun, iyul – har oyda 1 milliard yevro

  • 22-avgustdagi oxirgi to‘lov – yana 1 milliard yevro (Ukrainaning mustaqillik kuniga bag‘ishlangan 4,05 milliard yevrolik umumiy yordam paketining bir qismi sifatida)

Bu mablag‘lar Makromoliya yordami (MFA) dasturi orqali ajratilmoqda. Ushbu dastur G7 davlatlarining kreditlariga asoslangan bo‘lib, ularni Rossiya aktivlaridan tushgan foyda hisobiga qoplash rejalashtirilgan.

2022-yil fevraldan beri Yevropa Ittifoqi Ukrainaga jami 168,9 milliard yevro yordam bergan (gumanitar, moliyaviy va harbiy yo‘nalishlarda).

Rossiyaga tegishli eng katta aktivlar qismi – taxminan 210 milliard yevro — Belgiyadagi Euroclear depozitarida muzlatilgan.

Biroq, bu aktivlarni to‘liq musodara qilish masalasida G‘arb davlatlari hali bir qarorga kelmagan. Germaniya kansleri Fridrix Mers ta’kidlashicha, aktivlarni musodara qilish faqat huquqiy asoslar mavjud bo‘lsa amalga oshiriladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa, bu kabi urinishlarni “o‘g‘irlik” deb atagan va javobsiz qoldirmasligini aytgan.

Kiritildi: 12:50 24.08.2025. O'qildi: 926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!